Oylik doirasida korxona tashkilot yoshlari uchun o’quv-seminar bo’lib o’tdi

October 23, 2018

YIBuxoro

Xabaringiz bor, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida oktyabr oyi “Boshlang’ich tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish oyli”gi deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan, joylardagi yoshlar yetakchilariga amaliy ko’mak berish maqsadida, turli tuman tadbirlar o’tkazilmoqda. 

YIBuxoro

 

YIBuxoro

Xususan, kechagina O’zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro shahar Kengashi ma’sul xodimalari “BuxoroAvtotexxizmat” MCHJda bo’lishdi. Bugungi kunda mazkur korxonada 31 nafar yoshlar faoliyat olib bormoqda. Yoshlar yetakchisi hamda uning yo’nalish koordinatorlari va korxona yoshlari uchun o’quv-seminar tashkil etildi. Yig’ilganlar mazkur seminardan Yoshlar ittifoqi nima ekanligi hamda u yoshlarga nima beraolishi kabi savollarga javob topishdi. 

YIBuxoro

  • Если материал вам понравился, пожалуйста, поделитесь в социальных сетях